26-avgust, shanba kuni KXDR uchirgan uchta raketa kichik masofali ballistik raketalar sinfiga kiradi, deb yozadi “TASS” Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligiga tayanib.
Janubiy koreyalik harbiylar o‘zlarida bor ma’lumotlarning barchasini o‘rganib chiqqach, shunday xulosaga keldi.
Nashr eslatishicha, avvalroq raketalar baravariga o‘q otish reaktiv tizimlari yordamida uchirilgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi. Raketalar parvozi 26-avgust, shanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 06:49 (Toshkent vaqti bilan 03:49)da qayd etilgan edi. Raketalarning ba’zilari 250 kilometrdan ortiq masofaga uchgan.
Izoh (0)