Rossiyaning Afg‘onistondagi urush faxriylari jamoatchilik tashkiloti raisi o‘zgardi, deb yozadi “RBK”.
Tashkilotni 20 yil boshqargan va aprel oyida Vladimir Putin ishtirokidagi majlisda uning o‘rnini bosuvchi sifatida Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin nomini tilga olgan Andrey Chepurnoy o‘rniga Oleg Ozyorovni tanlashdi.
Chepurnoyning o‘zi “Urush faxriylari”ning Moskva bo‘linmasi — “Stolitsa” rahbariga aylandi.
Chepurnoy ayni paytda juda yirik firibgarlik uchun tergov ostiga olingan.
Nashr eslatishicha, u 20-aprel kuni “Pobeda” tashkiliy qo‘mitasining Kremldagi majlisida Putinga uning tashkiloti va senator Klinsevich o‘rtasidagi nizo haqida gapirib bergandi. Shuningdek, jamoatchi Chepurnoy Klinsevich unga Putindan keyin Rossiya prezidenti Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bo‘lishini aytganini ta’kidlagandi.
Izoh (0)