Kolumbiya universiteti mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqot natijalari ayollar jismoniy jihatdan erkaklarga nisbatan chidamliroq ekanligini ko‘rsatdi, deb yozadi 7MedNews.
Tajriba ishtirokchilariga har bir oyoqni 200 martadan bukib-yozish mashqini bajarish vazifasi berildi. Bo‘g‘imlarga muayyan ma’lumotlarni qayd etuvchi maxsus datchiklar o‘rnatildi. Mutaxassislar olingan axborotni taqqoslab ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, ayollar haqiqatan ham erkaklardan chidamliroq ekan.
Ular jismoniy mashqlarni ancha osonroq bajardi. Erkaklar esa tezda toliqib qoldi. Ayollar bir maromda harakat qilishga intildi, shu tufayli vazifani boshqalarga qaraganda yaxshiroq uddaladi.
Izoh (0)