Eksploytlarni keyinchalik qayta sotish uchun sotib oluvchi Zerodium guruhi yangi e’lon chiqardi. Unga ko‘ra, guruh WhatsApp va Singal messenjerlarining zaifligi haqidagi ma’lumotlar uchun 500 ming dollar taklif qilgan. Bu haqda Mashable nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Zerodium’ning rasmiy saytida narxlar ro‘yxati e’lon qilingan. Unda eng yuqori narx iPhone’ni masofadan buzib kirishga belgilangan. Bunday eksployt uchun xakerlar 1,5 million dollar to‘lashga tayyor.
Zerodium kompaniyalar bilan ularning mahsulotlari kamchiligi haqida ma’lumot berish asosida hamkorlik qilmaydi. U kim ko‘proq to‘lasa, o‘shanga ma’lumot beradi.
Izoh (0)