Ishbilarmon Ilon Mask o‘zining SpaceX kompaniyasida ishlab chiqarilgan skafandrning birinchi suratini namoyish etdi. Maskning so‘zlariga ko‘ra bu maket emas, balki haqiqiy namuna. Skafandr allaqachon vakuumda tekshirib ko‘rilgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.
“Estetika va vazifalar o‘rtasida muvozanatni topish qiyin bo‘ldi. Buni alohida-alohida qilish osonroq”, — deb yozgan Mask. U yaqin vaqt ichida skafandr haqida batafsil hikoya qilishga va’da bergan.
Avvalroq Mask bu skafandr NASAning tijorat dasturi uchun tayyorlanganini ma’lum qilgan. O‘shanda kostyum qulaylik va okeanga qo‘nishda xavfsizlik bo‘yicha tekshirilgan.
Izoh (0)