Besh mamlakatdan 19 nafar quruvchi ketma-ket uchinchi marta Amerika rekordini urish uchun eng murakkab Goldberg mashinasini yaratishga urinib ko‘rdi, deb yozadi TJournal.
Mexanizmni qurish uchun Incredible Science Machine: Game On! (Aql bovar qilmas ilmiy mashina: O‘yin boshlandi!) tadbiri ishtirokchilari bir hafta vaqt sarfladi.
Domino toshlarining barchasi qulashi uchun taxminan 15 daqiqa talab qilindi. Natijada konstruktorlar domino uchun ajratilgan eng katta maydon, dominodan yasalgan eng katta shakl va dominodan qilingan eng yirik loyiha yo‘nalishlarida uchta Amerika rekordini o‘rnatdi.
Alohida rolikda ishtirokchilar mexanizmni qurish jarayoni haqida gapirib berdi.
Izoh (0)