AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In AQShni hurmat qila boshlaganini taxmin qilmoqda. Bu haqda Tramp Arizona shtati Finiks shahrida o‘z tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlayotib aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Kim Chen In bizni hurmat qila boshlaganini men ham hurmat qilaman va bunga ishonaman. Men bu faktni hurmat qilaman. Balki bu yaxshi narsaga olib kelar”, — dedi prezident.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida KXDR rahbari Kim Chen Inning Guamdagi AQSh obyektlariga raketa uchirmaslik qaroriga baho bergan edi. “Shimoliy Koreyadan Kim Chen In juda aqlli va bosiq qaror qabul qildi. Buning muqobili fojiali bo‘lishi mumkin edi!” — deb yozgan edi Tramp.
Izoh (0)