Big Ben nomi bilan mashhur bo‘lgan Vestminster saroyi minorasidagi soat ta’mirlanishdan oldin, 21-avgust kuni tushki vaqtga so‘nggi marta bong urdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Ta’mirlash 2021-yilgacha davom etadi. Odatiy rejimda har chorak soatda bong uruvchi kurantlar ta’mirlash vaqtida faqat alohida holatlarda, masalan, yangi yil arafasida bong uradi. Britaniya OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, soatni ta’mirlash ishlari 30 million funt sterlingga tushadi.
Izoh (0)