Markaziy Florida universiteti mutaxassislari ikki bosh bilan tug‘ilgan dengiz toshbaqasini suratga tushirdi. Bu haqda UPI xabar berdi.
Universitet qoshidagi toshbaqalarni o‘rganish markazi xodimi Keyt Menfild Twitter’da g‘aroyib jonivor suratini joylashtirdi.
“Kecha amaliyotchilarimiz noyob, endigina dunyoga kelgan ikki boshli toshbaqani topdi. U tirik va kuch-quvvatga to‘la edi”, — deya izoh qoldirdi u surat ostida.
Izoh (0)