Markaziy Afrika respublikasining janubi-sharqiy qismidagi tibbiyot markaziga uyushtirilgan hujum oqibatida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining olti nafar xodimi o‘ldirilgan. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy saytiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Biz ko‘ngillilarimizning o‘limi haqidagi xabardan chuqur qayg‘udamiz. Biz aholining tinchligini saqlash va gumanitar ishchilarni hurmat qilish uchun barcha tomonlarni chora ko‘rishga chaqiramiz”, — dedi Qizil Xochning Markaziy Afrikadagi prezidenti Antuan Mbao-Bogo.
Qo‘mitaning ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida tibbiyot xodimlari bilan birgalikda oddiy fuqarolar ham o‘ldirilgan. Biroq hozircha bu kabi noxush hodisa haqida xabar berilmagan.
Ko‘ngillilar 3-avgust kuni Markaziy Afrika respublikasining janubi-sharqidagi Gambo tibbiyot muassasida bo‘lib o‘tgan inqiroz yig‘ilishida ishtirok etgan.
Barcha halok bo‘lganlar Afrika mamlakatlarining fuqarolari bo‘lgan.
Izoh (0)