Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Xizer Noyert Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Abxaziyaga tashrifini nomaqbul deya atadi. Uning ta’kidlashicha, respublika Moskva tomonidan “okkupatsiya qilingan”, deb xabar berdi “MK.ru”.

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”

“AQSh prezident Vladimir Putinning Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan Gruziya hududiga tashrifini nomaqbul deya hisoblaydi”, — dedi Noyert brifing davomida.

AQSh Davlat departamenti vakilining qo‘shimcha qilishicha, bu harakat bilan Kreml Jenevaning Kavkazorti bo‘yicha muzokaralarini buzgan.

Shuningdek, Vashingtonning ma’lum qilishicha, Rossiya 2008-yilda o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bitimga muvofiq o‘z qo‘shinlarini urushdan oldingi pozitsiyasiga olib chiqib ketishini, shu bilan birga Abxaziya va Janubiy Osetiyaning tan olingan mustaqilligini bekor etishni talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Gruziya va Janubiy Osetiyaga qarshi kechgan urushdan so‘ng ikkita respublikaning mustaqilligini tan olgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Stoltenberg: “Shvetsiya NATOga kirish uchun Turkiyaning talablarini bajardi”
Mahalliy
Toshkentda Solar kanalining o‘zani toshgani sabab mahallalardan birini suv bosdi (foto)
Sport
La Liga. “Barselona” mavsumdagi so‘nggi o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi