Agar Pxenyan AQShning Tinch okeanidagi Guam orolida joylashgan harbiy bazalari tomonga ballistik raketa uchirishga qaror qilsa, Yaponiya o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari ularni to‘xtatib qolishi mumkin. Bunday fikrni Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onodera ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Agar bu (o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlarining) uchta talabiga mos kelsa, unda biz javob chorasini ko‘ra olamiz. Yaponiya mudofaa qalqoni rolini o‘z zimmasiga oladi, AQShning roli esa zarbalar berish orqali tiyib turishdan iborat”, — dedi u.
Ikki yil avval Yaponiyada qabul qilingan o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, mamlakat xavfsizligiga bevosita tahdid mavjud bo‘lsa va uni qaytarish uchun boshqa vositalar bo‘lmasa, uni qo‘llash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, KXDR harbiylari Guam orolidagi Amerika harbiy bazalari joylashgan hududga raketali zarba berish rejasini avgust o‘rtalarida ishlab chiqish niyatini ma’lum qildi.
Izoh (0)