Dubay politsiyasi jinoyatni fosh qilish tezligi bo‘yicha jahon rekordini yangiladi: huquq-tartibot organlariga qonunbuzarlarni aniqlab, ushlash uchun bor-yo‘g‘i 20 daqiqa talab etildi, deb xabar beradi UAEInside.
Gap aynan qaysi jinoyat haqida ketayotgani aniqlashtirilmadi.
Maxsus hisobotda aytilishicha, bir yil ichida faqat o‘ndan kamroq jinoyat fosh qilinmay qolib ketgan. Shu bilan birga, qonunbuzarliklar soni 13 foizga kamaygan.
Keltirilgan hisobot 2015–2016-yillarni o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra, BAA jahonning eng xavfsiz davlatlaridan biridir.
Izoh (0)