“Kommersant” nashri jurnalisti videokamerasi bilan suvda turib Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Baykalga kelishini kutayotgani tasvirlangan suratni chop etdi. Erkak kadr yaxshiroq chiqishi uchun beliga qadar sovuq suvda turishiga to‘g‘ri kelgan, deb xabar berdi “MK.ru”.
Suratni joylashtirgan jurnalist Kolesnikovning so‘zlariga ko‘ra, operator 40 daqiqaga yaqin suvda turgan.
Surat ostiga yozilgan izohlarga ko‘ra, ushbu voqeadan keyin operatorning shamollashi va orxit orttirib olishi kafolatlangan.
Ta’kidlash kerakki, bu vaqtda Baykal ko‘li suvining harorati odatda 17 gradusdan ortmaydi.
Bugun, 4-avgust kuni Vladimir Putin ko‘l bo‘yidagi “Tanxoy” qishlog‘iga tashrifi buyurib, omul baliqlarini suvga qo‘yib yubordi.
Izoh (0)