Namanganda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan xayr-ehson tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirlar tong saharda Namangan shahridagi “Shodiyona” majmuasidan boshlandi. Bu yerga nuroniylar, faxriylar, ulamolar, mahalla faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari taklif etildi.
Milliy udumga muvofiq palov tortildi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti yodga olinib, Qur’on tilovat qilindi.
Bunday xayr-ehson tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazildi.
Izoh (0)