Zangiota tumanida 20-iyulda nafaqaxo‘r ota o‘zaro janjal oqibatida o‘z o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
20-iyul soat 05:30 da Zangiota tumanida yashovchi nafaqaxo‘r, 1954-yilda tug‘ilgan A.T. uyi hammomida o‘g‘li bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal oqibatida ota 1982-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Ab.T.ni bo‘ynidan sochiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 20-iyuldagi xulosasiga ko‘ra, Ab.T.ning o‘limiga bo‘yin a’zolarini o‘tmas yumshoq jism bilan bo‘g‘ilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. A.T. qo‘lga olingan. Prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)