Shoazim Minovarov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markazining direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Shoazim Minovarov 2015-yildan beri Toshkent fransuz alyansi raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Shoazim Minovarov tajribali diplomat va tarjimondir. U Fransiya hukumatining “Xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan birinchi O‘zbekiston fuqarosidir.
Islom madaniyat markazining ma’muriy binosi, shuningdek, kutubxonasi va muzeyi Toshkent shahrida, Xastimom majmuasiga yondosh hududda quriladi.
Izoh (0)