• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Gadjetlar

    Superqimmatbaho telefonlar ishlab chiqaruvchi Vertu qanday xonavayron bo‘ldi?

    Shu kunlarda Britaniya nashrlaridan biri dunyo bo‘yicha eng qimmatbaho telefonlar ishlab chiqaruvchisi Vertu bankrot bo‘lganligi va 200 kishidan iborat jamoasini tarqatib yuborayotganligini ma’lum qildi. Telefonlari 10 ming dollardan 40 ming dollargacha turgan mazkur brendning 160 million dollar qarzlari yig‘ilib qoldi. Vertu biznesini saqlab qolishga urinib qarzlarini restrukturizatsiya qilishga urindi, biroq kreditorlar unga yon bosmadi. Qurilmalari 20 yil davomida hashamat va moliyaviy muvaffaqiyat ramzi bo‘lgan kompaniya qanday qilib xonavayron bo‘lganligi va uning yangi egasi brendni qayta tiklashga erisha olish-olmasligi haqida “RIA Novosti” hikoya qiladi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Kompaniya faoliyati qanday boshlangan edi?

    1998-yilda Vertu kompaniyasining paydo bo‘lishida Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi asosiy rol o‘ynadi. O‘sha davrdagi mobil telefonlar bozori yetakchisi Buyuk Britaniyada sho‘ba korxonasini ochdi. Nokia yetakchi dizayneri Frenk Nuovo Vertu’ning g‘oyaviy ilhomlantiruvchisiga aylandi.

    G‘oya hashamatli zargarlik buyumi kabi mobil telefon yaratish va uning egasi yuqori ijtimoiy maqomiga urg‘u berishdan iborat edi. Vertu mobil telefonlarni bezatish uchun qimmatbaho materiallar — charm, titan, oltin, platinadan foydalana boshladi. Ekranlarni sapfirdan ishlab, qurilmani qimmatbaho toshlar bilan bezata boshladi.

    Uning o‘ziga xos jihati har bir qurilmaning qo‘lda terilishi va eksklyuziv konsyerj-servisi bo‘ldi. Tunu-kun xizmat ko‘rsatuvchi servis telefon sohibi kiyimlarini kimyoviy tozalash uchun olish va u uchun restoranga VIP-tashrifni tashkil etishi mumkin edi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Qo‘ldan qo‘lga

    Oliy maqomli mahsulot Saudiya Arabistoni boyvachchalari, Xitoy biznesmenlari va rossiyalik yangi boylarga ma’qul keldi. Vertu yiliga 200 million dollarlik qurilmalar sota boshladi.

    Bu vaqt davomida asoschi kompaniya Nokia’ning ishlari orqaga keta boshladi. U xodimlari sonini qisqartirib, ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ qidira boshladi. 2011-yilda Nokia dunyoning eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi nomidan mahrum bo‘ldi, bir yil o‘tib esa Vertu aksiyalarining katta qismini Shvetsiya EQT kompaniyasiga sotdi.

    Bu paytga kelib Vertu tezkorlik bilan o‘zgarib borayotgan bozordan ortda qola boshladi. Shvedlar yangi yo‘nalishga o‘tdi: telefonlarni mashhur bo‘lmagan operatsion tizimlardan Android’ga o‘tkazdi va tugmalar o‘rniga sensorli ekran texnologiyasidan foydalana boshladi.

    Biroq allaqachon kech bo‘lgan edi: ilg‘or raqobatchilar Apple va Samsung shiddat bilan bozorni egallagan, Vertu esa mijozlariga hech qanday yangilik taklif qila olmadi.

    Oqibatda nufuzli telefonlar sotuvi uzluksiz pasaya boshladi, 2014-yilda kompaniya 65 million dollar zarar ko‘rganligini ma’lum qildi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    iPhone’ga qadar va undan keyin

    Ushbu telefonlarning oxirgi modellari zamonaviy talablarga javob beradi. Masalan, yangi Vertu Aster Chevron smartfonlari to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon protsessori, 64 Gb ichki xotira, 13 megapikselli asosiy kamera va 2 275 mAch akkumulyator bilan ta’minlangan.

    Uning lyuksligini titan korpus va sapfir shishali ekrani yaratadi. Qurilma narxi — 300 ming rubl. Biroq ekspertlar bugungi flagmanlar texnologik xarakteristikasi Vertu’ni ortda qoldirishi — ularning texnologiyalari doimiy ravishda mukammallashib borishi, shu bilan bir vaqtda ular deyarli o‘n barobar arzonligi va ommaviy ishlab chiqarishga mo‘ljallanganligini ta’kidlaydi.

    Buni badavlat kishilar auditoriyasi ham tushunib yetdi: endi ular chiroyli o‘ram uchun ortiqcha to‘lov qilishni istamaydi. Qolaversa, iPhone’ning o‘zi ham qo‘shimcha to‘lov evaziga (5—10 ming dollar) buyurtma asosida korpusni charm, platina yoki sof oltinga “kiyintirib berishi” mumkin.

    Tanqidchilar qurilmaning ichki qismiga o‘yib yozilgan Handmade in England yozuvini ham kinoya ostiga oladi. Marketologlar boy mijozlari ongiga qurilmalar faqat Angliyada yaratilishini singdirishga muvaffaq bo‘lgani holda Vertu’ning barcha modellari qismlarini Xitoy va yevropalik ishlab chiqaruvchilar yetkazib beradi.

    Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Vertu texnologik jihatdan bozor yetakchilari bilan bitta vagonga tushib olishga erisha olmaydi: vaqt qo‘ldan boy berilgan. Ekspertlar Vertu’ning yangi sohibi, turkiyalik milliarder Hakan Uzan brendni qayta jonlantirishdan ko‘ra, uni tezroq dafn qilishini taxmin qilmoqda.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Hakan Uzan kim va unga Vertu nega kerak?

    Britaniyaning Daily Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilning martida Vertu’ni turkiyalik biznesmen Hakan Uzanga tegishli Baferton kompaniyasi 61 million dollarga xarid qildi. Nufuzli turk oilasidan chiqqan Uzan o‘z vaqtida Uzan Holding qurilish kompaniyasiga egalik qilgan. Uning tarkibiga mobil operatorlar va banklar ham kirgan.

    Uzan oilasi atrofida tez-tez mojarolar yuzaga kelib turadi. Masalan, 2002-yilda u ikki milliard dollarlik kreditni maqsadga nomuvofiq ishlatganlikda ayblandi: pullar Turkiya mobil aloqasini rivojlantirishga emas, Manxettenda ko‘chmas mulklar, samolyot va yaxtalar xarid qilishga sarflanganligi aniqlandi.

    Keyinchalik kuzatuvchilar Hakan Uzan yordamchisidan Vertu telefoni xarid qilishni so‘raganda, u e’tibor qilmasdan, butun kompaniyani xarid qilganligi haqida hazil qiladi. Uzan ikki oy o‘tib katta xatoga yo‘l qo‘ydi: 360 ming dollarga kompaniya tarixidagi eng qimmatbaho telefon — Signature Cobra Limited Edition’ni taqdim etdi.

    Kompaniyaning yangi egasi taslim bo‘lmoqchi emas: u Vertu’ning butun ishlab chiqarishini Xitoyga ko‘chirish va yil oxirida xitoycha Vertu’ni sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bunda uning nufuzi haqida so‘z ochishga to‘g‘ri kelmaydi. Eng yaxshi holatda u ikkinchi yoki uchinchi eshelonga mansub Xitoyning navbatdagi smartfoniga aylanadi va uning avvalgi shon-shuhrati unga foyda keltirmaydi.

    24.07.2017, 13:19   Izoh (0)   63200
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gadjetlardan foydalanishning ko‘zga zararini qanday qilib kamaytirish mumkin?

    22.07.2017, 20:11

    iPhone 8: Smartfon orqa panelining “jonli” suratlari paydo bo‘ldi

    21.07.2017, 13:57

    HTC sotuvlar bo‘yicha sobiq prezidenti Nokia rahbari etib tayinlandi

    20.07.2017, 14:13

    Apple sobiq kreativ direktori: Apple smartfonlar bozoridagi raqobatda Samsung’dan ortda qolishi mumkin

    18.07.2017, 13:26

    Toshkentda Huawei kompaniyasining Honor 8 smartfoni 3,9 mln so‘mdan sotilmoqda

    18.07.2017, 10:27

    Toshkentda LG K7 smartfoni 1,2 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

    17.07.2017, 09:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.