Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi “Monako” himoyachisi Benjamin Mendi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Shaharliklar” himoyachi uchun 52 million funt-sterlingning bahridan kechishga qaror qildi. Shu tariqa Mendi dunyodagi eng qimmat himoyachi bo‘lib tarixga kirdi. Bungacha rekord Kayl Uokerga tegishli bo‘lib, bir necha kun avval “Siti”ning o‘zi uni “Tottenhem”dan 50 million funtga sotib olgandi.
Dunyoning ikki eng qimmat himoyachisi “Manchester Siti” va bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga qanday foyda keltirishini yaqinlashib kelayotgan mavsum ko‘rsatib beradi.
Izoh (0)