Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, unga sog‘lik, farovonlik va oliy davlat lavozimida muvaffaqiyat tiladi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari tomonlar o‘rtasidagi oliy darajadagi munosabatlarni qayd etdi va ustuvor yo‘nalishlarda Qozog‘iston—O‘zbekiston hamkorligini davom ettirishga kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-iyulda 60 yoshga to‘ldi.
Izoh (0)