Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar sovrindor bo‘lishdi, deb xabar berdi Uz24.
Xalqaro matematika olimpiadasi rasmiy saytining ma’lumotlariga ko‘ra, Shuhrat Ismoilov rahbarligidagi o‘quvchilar umumjamoa hisobida 69 ball to‘plagan va bitta kumush medal hamda to‘rtta faxriy yorliq bilan taqdirlanishgan.
Jumladan, Abdumalik Abduqayumov absolyut 82 ball yig‘ib, 86,81 foiz natija bilan kumush medalga sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari, Davrbek Oltiboyev, Tolibjon Ismoilov, Doniyor Yazdonov, Doniyorbek Matyoqubovlarga maqtov yorliqlari berilgan.
Izoh (0)