Toshkent viloyatining Angren shahriga, shuningdek, Ohangaron va Yangiyo‘l tumaniga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Angren shahriga hokim etib 2007-yil sentabr oyidan buyon O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hakimjon Abdulazizov tayinlandi.
Avval Mudofaa vazirligi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan Odiljon Jo‘rayev Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi.
Yangiyo‘l tumaniga Abduqahhor To‘xtaboyev hokim etib tayinlandi. Bungacha u Navoiy viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimida, 2012—2015-yillarda esa Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori vazifasida ishlagan.
Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan haftada Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Angren shahri hokimi Ibrohimjon Rahmonov, Ohangaron tumani hokimi Rustam Ubaydullayev va bir qator davlat organlari rahbarlari o‘z lavozimidan ozod etilgan edi.
Izoh (0)