Chilonzor tumanida o‘z uyida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
2017-yilning 19-iyul kuni, taxminan, soat 21:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, muqaddam sudlangan Ravshan O‘runboyev Chilonzor tumanidagi xonadonida fohishaxona saqlab, 100 ming so‘m pul evaziga fuqaro “G” va “D” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)