Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan 2017-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sveta Kim (ism-shariflar shartli) o‘z uyida fohishaxona saqlab kelganligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
U 35 ming so‘m evaziga Avaz Haydarov va Saida Jalilovaga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.
Boyovut tumani IIB TB tomonidan Sveta Kimga nisbatan JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)