24-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 60 yoshga to‘ldi. Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi.
2. O‘zbekistonliklarning salkam 90 foizi Shavkat Miziyoyevning Prezident lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholadi. So‘rovnomada qatnashganlarning 83,5 foizi Prezident olib borayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi.
3. “Shifokorlar xizmatiga xolis baho berganingiz uchun rahmat”. Senator Zangiotadagi bemorlari tomda yotgan shifoxona bo‘yicha izoh berdi.
4. “O‘zbekiston 24” o‘z efirini boshladi. Telekanal o‘zbek, rus va ingliz tillarida efirga chiqadi.
5. Telegram’da o‘z-o‘zini yo‘q qiluvchi foto va videolar paydo bo‘ldi. Agarda foydalanuvchi rasm yoki rolikni skrinshot qilishga urinsa, siz bu haqida darhol xabardor bo‘lasiz.
Izoh (0)