AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalardan iborat yangi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Sara Sanders ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Ma’muriyat Rossiyaga nisbatan qattiqqo‘llik bilan yondashuv, jumladan, mazkur sanksiyalar joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Sanders.
Rasmiy vakilga ko‘ra, qonun loyihasining asl matni kamchiliklardan xoli emasdi, biroq o‘zgarishlar kiritilganidan so‘ng AQSh ma’muriyati ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Izoh (0)