Afg‘oniston poytaxti g‘arbidagi portlash oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News ma’lum qildi.
Terakt oqibatida 42 kishi jarohat oldi.
Portlash 24-iyul, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:45 da xususiy univesitet va mamlakat hukumati rahbari o‘rinbosari Muhammad Muhaqqiqning uyi yaqinida, asosan shialar istiqomat qiladigan hududda ro‘y berdi.
Bombani terrorchi-xudkush harakatga keltirgani bildirilmoqda, biroq hozircha mazkur ma’lumot tasdiqlanmadi.
Izoh (0)