Xitoyning CRRC Qingdao Sifang kompaniyasi Sindao shahrida (Shandun provinsiyasi) mamlakatdagi eng tez osma monorels sinovlarini boshlab yubordi. “TASS”ning CCTV’ga asoslanib yozishicha, monorels bir nechta milliy rekord o‘rnatishga ulgurdi.
Loyiha mualliflarining so‘zlariga qaraganda, poyezd harakatining maksimal tezligi 80 kilometr/soatni tashkil etadi, ammo yo‘lovchilarni tashish chog‘ida sostav tezligini 70 kilometr/soatdan oshirmaydi.
Monorels o‘tkazishdagi notekislik 1 kilometr yo‘l uchun 100 metrni tashkil qilishi mumkin.
Har bir poyezd 510 nafargacha yo‘lovchi tashishi mumkin.
Izoh (0)