San-Marino respublikasi o‘z hududida 5G mobil aloqa tarmog‘i tatbiq etilgan jahondagi ilk mamlakat bo‘ladi. “Kommersant” xabariga ko‘ra, San-Marino hukumati va Telecom Italia Mobile kompaniyasi bu haqdagi bitimni imzolashga yaqin turibdi.
Qayd etishlaricha, 5G aloqa internetga soniyasiga 10—20 gigabit tezlikda ulanish imkonini beradi.
Telecom Italia 2017-yil davomida San-Marinoda 5G’ga o‘tish uchun zarur infratuzilmani hozirlaydi. Respublika 2018-yil oxiriga borib yangi avlod aloqa tarmog‘iga o‘tib bo‘ladi. Telecom Italia mazkur texnologiyani Milan va Turin shaharlarida ham sinovdan o‘tkazmoqda.
Qayd etish joiz, hozirda aloqa operatorlari butun jahon bo‘ylab 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu boradagi eng katta muvaffaqiyatlarga hozircha faqat Janubiy Koreya, Xitoy va AQSh kompaniyalari erishgan.
Izoh (0)