The Boring Company AQSh rasmiylaridan Nyu-York va Vashington o‘rtasida Hyperloop deb nomlangan o‘ta tezkor tunnel qurilishiga ruxsat oldi. Bu haqda Ilon Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Hukumatning The Boring Company tomonidan Nyu-York — Filadelfiya — Baltimor — Vashington yerosti yo‘nalishini qurish to‘g‘risidagi og‘zaki ijozatini oldim. Yo‘nalish bir shahar markazidan ikkinchi shahar markaziga ulanadi. Ulardan har birida kirish va chiqish uchun 10 ga yaqin lift bo‘ladi”, — deya yozuv qoldirdi SpaceX va Tesla Motors kompaniyalari rahbari.
Ilon Maks yerosti tunnelida harakatlandigan o‘ta tezkor poyezd loyihasini 2013-yilda e’lon qilgandi. Bunday poyezdlar soatiga 1000 va hatto undan ortiq tezlikka erishishi mumkin.
Izoh (0)