18-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Chashmai Ayub maqbarasidan o‘g‘rilab ketilgan peshlavha Britaniyadan O‘zbekistonga qaytariladi. Londonda shu haftada artefaktni O‘zbekiston elchixonasiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
2. O‘zbekistonda “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya fondi tashkil etildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni shu haqdagi qarorni imzoladi.
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining ijtimoiy dorixona tarmoqlarini tashkil etadi. Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
4. Marg‘ilonda Damas yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, uch kishi halok bo‘ldi. Suratda Damas’ning yuk mashinasiga kelib urilgan tomoni butunlay pachoq bo‘lganini ko‘rish mumkin.
5. O‘zbekistonda YTHlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 77 taga kamaydi. Ushbu hodisalarda dunyodan ko‘z yumganlar 21 nafarga, tan jarohati olganlar 83 nafarga kamaydi.
Izoh (0)