Kamerun alohida topshiriqli brigadasi harbiy xizmatchilarini olib ketayotgan harbiy kema 16-iyul, yakshanba kuni mamlakat hududiy suvlarida ag‘darilib ketdi, deb yozadi “TASS”.
AFP kuch tuzilmalaridagi manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, o‘nlab kishi bedarak yo‘qolgan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa mamlakat janubi-g‘arbidagi Limbe shahri va Bakassi yarim oroli oralig‘ida yuz bergan. Voqea sababi ma’lum qilinmayapti.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga kirishgan harbiylar hozircha suvdan bitta jasadni chiqarib olishga erishdi.
Izoh (0)