Yaponiya hukumati 2018-moliya yili uchun budjetga Yaponiyada ishlab chiqarilgan tovushdan ham tez uchadigan kemaga qarshi yangi raketalarni xarid qilish uchun xarajatlarni ham kiritmoqchi, deb yozadi “TASS” Yomiuri gazetasiga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ular bilan o‘z-o‘zini mudofaa qilish havo kuchlarining F-12 qiruvchilarini jihozlashmoqchi. Bu choralar, deb ta’kidlaydi nashr, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi faolligi o‘sishi bilan bog‘liq.
Hozirda Yaponiya o‘z-o‘zini mudofaa qilish havo kuchlarining bir necha turdagi kemaga qarshi raketalari bor, ular tovush tezligiga yaqin tezlikka erisha oladi. Ammo yangi ishlanma uch marta tezroq bo‘ladi — uning eng katta tezligi soatiga 3710 kilometrni tashkil etadi.
Izoh (0)