Dubayda qutqaruvchilar oradan 26 soat o‘tib bino vayronalari ostidan ishchi o‘ligini topdi. Shuningdek, hodisa joyidan jarohat olgan yana bir jabrdiyni ham topishga muvaffaq bo‘lindi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Hodisa 11-iyul, seshanba kuni ro‘y berdi va politsiya jurnalida qayd etilishi bilan voqea joyiga 30 nafar zobit yuborildi.
Birinchi jabrlanuvchi tezda topildi, biroq uni vayronlardan chiqarib olish uchun ham ancha harakat qilindi. Halok bo‘lgan ishchi 12-iyul, chorshanba kuni taxminan soat 11:00 atrofida topildi.
Binoning qulash sababi hozircha noma’lum. Mazkur holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)