Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya va AQShning Suriyadagi yarashuv haqidagi kelishuviga qarshi chiqdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Bu haqda u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi.
Haaretz nashri manbasi ma’lum qilishicha, prezident bitimga qarshi keskin fikr bildirgan va Isroil Eronning Suriyadagi o‘z ishtirokini kengaytirishga intilishlaridan xavotirda ekanligini ma’lum qilgan.
Nashr eslatishicha, avvalroq Donald Tramp Suriyadagi yarashuv sulhini Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik namunasi deb atagan edi.
Izoh (0)