Andijon viloyatining Andijon tumanida yashovchi Muzrobjon Risqiyev (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) 2015-yil 23-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanganligi uchun ma’muriy jazoga tortilgan edi. Ammo, u yana bir bor shu ish bilan shug‘ullangani uchun qayta jazoga tortildi, deb xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Damas avtomashinasida hech qanday ruxsatnomasiz odam tashigan Muzrobjon Risqiyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi birinchi qismi bilan har oylik ish haqining o‘n foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda, bir yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilindi.
U jazoni nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan joyda o‘taydigan bo‘ldi.
Izoh (0)