Pokiston bosh vazirining qizi Maryam Navoz otasining korrupsiyaga aloqadorligini go‘yoki inkor etuvchi hujjatlarni qalbakilashtirishda gumon qilinmoqda. Bunga Maryam hujjatlar tayyorlangan payt foydalanishda bo‘lmagan Calibri shriftini qo‘llagani sabab bo‘ldi, deya xabar beradi TJournal.
Chop etilgan hujjatlarni rasmiylashtirishdagi nomutanosibliklar haqida Pokiston armiyasi, politsiyasi va moliyaviy nazoratchilaridan iborat qo‘shma tergov guruhining shriftlar bo‘yicha ekspertlari ma’lum qildi.
Ularga ko‘ra, 2006-yilga doir hujjatlarda 2007-yildan keyingina urfga kirgan shriftdan foydalanilgan.
The Next Web nashrining bildirishicha, Pokiston bosh vaziriga nisbatan ilgari surilayotgan ofshordagi hisob raqamlarga noqonuniy egalik qilish va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq shaffof bo‘lmagan kelishuvlar qatoriga hujjatlarni qasddan soxtalashtirish ham qo‘shildi.
Izoh (0)