Ostona shahrida 13—14-iyul kunlari MDH poytaxtlari va yirik shaharlari assambleyasining XXV sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Sessiya ishida assambleyaga a’zo 28 shahardan 100 ga yaqin mehmon ishtirok etadi. Yig‘ilish zamonaviy global chaqiriqlar sharoitida shaharlarning barqaror rivojlanishi mavzusiga bag‘ishlangan.
Sessiya dasturiga plenar yig‘ilish va “Shaharlar barqarorligini ta’minlash uchun aqlli texnologiyalarni joriy etish” hamda “Zamonaviy urbanizatsiya sharoitida transport tizimini boshqarish” mavzularidagi ikki mashg‘ulotni o‘z ichiga olgan.
Ma’lumot uchun, hozirda assambleya tarkibiga MDHning 9 davlatidan 87, jumladan, Qozog‘istonning 10 ta shahri kiradi.
Izoh (0)