Gretsiya uchun kreditlar va mamlakat obligatsiyalari xaridi Germaniyaga 1,34 milliard yevro daromad keltirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jumladan, Afinaga KfW davlat banki orqali berilgan kredit Berilinga 393 million yevro atrofida foiz keltirdi. Yevropa markaziy bankining Gretsiya obligatsiyalarini sotib olish dasturi doirasidagi Germaniya olgan daromad ulushi 952 million yevroni tashkil etdi.
Mamlakat bundestagidagi “yashillar” fraksiyasi mahalliy hukumatni ushbu foydani Gretsiyaga o‘tkazib berishga chaqirdi.
“Germaniya Gretsiyadagi inqirozdan foyda olayotgani balki qonuniydir, biroq axloq va birdamlik nuqtai nazaridan olib qaraganda hech bir qolipga sig‘maydi”, — dedi “yashillar”ning byudjet masalalari bo‘yicha eksperti Sven-Kristian Kindler.
Izoh (0)