Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatarga nisbatan sanksiyalarni o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Dohaga nisbatan cheklovlar joriy etgan “to‘rtlik” Qatar va AQSh o‘rtasidagi kelishuvlarni “yetarli emas”, deb topdi.
“Qatar rasmiylari va’dalariga ishonish yaramaydi”, — deyiladi Saudiyaning SPA axborot agentligi tomonidan tarqatilgan bayonotda.
Bugun, 12-iyul kuni Jidda shahrida AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonning “to‘rtlik” tashqi ishlar vazirlari bilan muzorkalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Oldinroq Tillerson Dohada Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad al-Taniy bilan terrorizmga qarshi hamkorlikdagi kurash bo‘yicha kelishuvni imzolagandi.
Izoh (0)