O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe nomiga Fukuoka va Oita prefekturalaridagi keng ko‘lamli tabiiy ofat natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va vayronliklar munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni va halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman, jabr ko‘rganlar tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, — deyiladi maktubda.
Izoh (0)