66 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Adolat Musayev Qirg‘izistondagi O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakultetini muvaffaqiyatli yakunladi. U shahardagi eng yoshi ulug‘ talaba edi. Bu haqda “Turmush” xabar bermoqda.
Adolat Musayev Andijondagi kasalxonalardan birida, saraton kasalliklari bo‘limida 30 yil feldsher bo‘lib ishladi. Nafaqaga chiqqanidan so‘ng oliy ma’lumotli shifokor bo‘lish orzusini ro‘yobga chiqarish uchun O‘sh universitetiga o‘qishga kirdi.
Endi Adolat Musayev ordinaturada o‘qishni davom ettirish va Andijondagi kasalxonasiga ishga qaytishni rejalashtirmoqda. O‘shdagi tahsili davomida u yotoqxonada talabalar bilan birga yashadi.
Izoh (0)