Yangiyo‘l tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimi 1973-yilda tug‘ilgan B.Sh. va shu tumanda yashovchi vaqtincha ishsiz, 1984-yilda tug‘ilgan Sh.M. firibgarlik qilgani uchun prokuratura organlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
DSI xodimi va uning sherigi Yangiyo‘l tumanida yashovchi uy bekasi, 1965-yilda tug‘ilgan Z.M.ning ishonchini suiiste’mol qilib, Sh.M. o‘zini “DSI xodimiman, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi orqali uyingizni ro‘yxatdan o‘tkazib beramiz”, deb aldagan.
Ikki sherik ayoldan ikki million so‘m olgan. Bundan tashqari ikki sherik “mol-mulk va yer solig‘i uchun”, deb 1 139 700 so‘mni 11 ta xonadondan yig‘ib olib, ularga soxta kvitansiyalar taqdim qilgan holda pullarni bankka topshirmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Izoh (0)