O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyulda 77 yoshni qarshilagan Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevni tabriklab, telegramma jo‘natdi va telefon orqali so‘zlashdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Shavkat Mirziyoyev telegrammada Qozog‘iston xalqining farovonligi uchun Nursulton Nazarboyev boshchiligida amalga oshirilgan yirik loyihalar va dasturlarning natijalarini ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbari Nursulton Nazarboyev tomonidan Qozog‘istonning va butun Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro arenadagi nufuzini ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirgan muhim tashabbuslari va faol faoliyatini yuqori baholadi.
Telefon muloqoti davomida Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazrboyevni yana bir bor tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va unga salomatlik, farovonlik va oliy davlat lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Shu bilan birga, bo‘lajak uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)