6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlarining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar davomida turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston—Tojikiston uchrashuvlari jadvali ham muhokama qilindi.
Izoh (0)