Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Ukraindagi davlatga xiyonat ishi bo‘yicha sud jarayonida ishtirok etishni istamasligi va suddan advokatlarini chaqirib olishini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bu sud emas, aksincha, uning tahqirlanishi. Menga qora chaplash uchun shaxsan Poroshenkoning bosimi ostida qisqa muddatda sirtdan hukm haqidagi maxsus qonunlar qabul qilindi. Bu inson huquqlari to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasining to‘g‘ridan to‘g‘ri buzilishi hisoblanadi. Qolaversa, sud jarayonda videokonferensiya tartibida ishtirok etishga ruxsat berish haqidagi iltimosimga rad javob berildi”, — dedi sobiq prezident.
Yanukovich Ukraina rasmiylari har qanday yo‘l bilan uni “mamlakatning o‘tmishdagi, hozirdagi va bo‘lajak kulfatlarida” ayblashga harakat qilishini bildirdi.
Ukraina sobiq prezidenti advokati Vitaliy Serdyuk Yanukovich sudda qatnashishni istamaganidan va advokatlarini chaqirib olganidan so‘ng Kiyevning Obolonsk tuman sudi chiqargan har qanday qaror yuridik jihatdan qiymatga ega bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)