Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona aeroportiga uning nomi qo‘yilganiga izoh berdi. Bu haqda “Kazinform” ma’lum qildi.
“Bu mening tashabbusim emas. Men doim bunga qarshi bo‘lganman. Kishilar amalga oshirilayotgan ishlarimizni baholayotgan bo‘lsa kerak, bu uchun ulardan minnatdorman. Istalgan siyosatchi, davlat yetakchisi tarixda o‘z ishlari bilan qolishi lozim.
Buyuk faylasuf va Rim imperatori Mark Avreliyning ‘Nega endi hozirgacha senga yodgorlik qo‘yilmagan’ degan savolga javobini ko‘p eslayman. U ‘odamlar bu kimning yodgorligi deb so‘rashlarini istamayman. Yaxshisi, nega endi unga shu paytgacha yodgorlik qo‘yilmagan, deb taajublanishsin’, deya javob bergandi”, — ta’kidladi Nursulton Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev Ostona aeroporti nomini mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyev nomiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi hukumat qaroriga imzo chekdi.
Izoh (0)