Donetsk yaqinida Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti halokatga uchrashida gumonlanuvchilar ustidan sud mazkur fojiada eng ko‘p fuqarolarini yo‘qotgan Niderlandiyada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Mazkur qaror halokat tafsilotlarini tekshirayotgan qo‘shma tergov guruhi faoliyatida ishtirok etayotgan Niderlandiya, Avstraliya, Belgiya, Malayziya va Ukraina vakillari tomonidan qabul qilindi.
Sud jarayonining boshlanish sanasi ma’lum emas. Samolyot halokati bilan bog‘liq tergov davom etmoqda. Gumonlanuvchilarning shaxsi ham hozirgacha oshkor etilmadi.
Amsterdamdan Kuala-Lumpurga yo‘l olgan Boeing 777 2014-yil 17-iyulida Donetsk viloyatida urib tushirilgandi. Uning bortida bo‘lgan barcha 298 kishi, jumladan, Niderlandiyaning 196 nafar fuqarosi halok bo‘ldi.
Izoh (0)