Vashingtonda Qozog‘iston va AQSh mudofaa muassasalari vakillari o‘rtasida ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
Qozog‘iston delegatsiyasini mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari general-leytenant Talgat Muxtorov boshqardi.
Uchrashuv davomida Qozog‘iston va AQSh o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama etildi. 2018—2022-yillarga mo‘ljallangan navbatdagi 5 yillik harbiy hamkorlik rejasi imzolandi.
Shuningdek, Qozog‘iston delegatsiyasi tashrifi davomida AQSh mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya byurosi, AQSh armiyasi va Mudofaa milliy universiteti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Izoh (0)