Chikagoda bayram kunlari yuzdan ortiq odam jarohat oldi, ulardan 14 nafari halok bo‘ldi. Chicago Tribune gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, Illinoys shtatida AQShning Mustaqillik kuni shu usulda “nishonlangan”. Jabrlanganlar orasida 13 yoshli bola ham bor, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
Avvalroq, Donald Tramp Chikagodagi qurolli zo‘ravonliklardan tashvishda ekanligini bildirgan edi. U o‘zining Twitter’dagi akkauntida mudhish statistikani e’lon qilgandi. Joriy yilning dastlabki olti oyi davomida Chikagoda 1 714 nafar odam o‘qotar qurollardan jarohat olgan. Bayramda esa bu raqamlar yana ko‘tarildi.
Izoh (0)